Bosqichma-bosqich

Qanday ishlaydi

Ro'yxatdan o'tishdan tayyor kartochkagacha — butun jarayon batafsil. Kartochka 1–24 soat ichida, 99% aniqlikda tayyorlanadi.

Natija

Siz nima olasiz

10 tanga ichida (3 tagacha SKU) kartochkaning barcha qismi tayyorlanadi.

Tovar nomi

Qidiruvda topiladigan, Uzum qoidalariga mos sarlavha

Kalit so'zlar

Xaridorlar qidiradigan so'zlar tahlil qilinib joylashtiriladi

Infografika

Rasmlarga afzallik, o'lcham va komplektatsiya joylashtiriladi

To'liq tavsif

Sotuvni oshiradigan matn — bo'sh maydon qolmaydi

Xususiyatlar

Barcha xususiyatlar jadvali to'ldiriladi

Kategoriya

Tovar to'g'ri bo'limga joylashtiriladi

O'lcham va og'irlik

SKU, 3 tomonlama o'lcham va og'irlik aniq kiritiladi

Rasmlar tartibi

10 tagacha rasm to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiriladi

99% aniqlik standarti
Har bir kartochka chop etilishdan oldin sifat tekshiruvidan o'tadi: o'lcham, og'irlik, narx, SKU va kategoriya siz bergan ma'lumotga to'liq mos kelishi tekshiriladi. Xato topilsa — biz tuzatamiz.
Jarayon

Bosqichma-bosqich

1. Ro'yxatdan o'tish

Telefon raqamingizni kiritasiz, SMS orqali kelgan kodni tasdiqlaysiz va parol yaratasiz. Bu 1 daqiqadan kam vaqt oladi.

2. Do'konni ulash

Uzum Seller kabinetingizga Tiba Agent xizmat raqamini xodim sifatida qo'shasiz:

Tiba Agent xizmat raqami
+998995003836

Keyin do'kon ID sini platformaga kiritasiz. Bir nechta do'koningiz bo'lsa — "+ Do'kon qo'shish" tugmasi orqali barchasini ulashingiz mumkin.

3. Hisobni to'ldirish

Tarif paketini tanlaysiz va to'lovni amalga oshirasiz. Bitta kartochka 10 tangadan, 3 ta SKU gacha. Har bir qo'shimcha SKU (masalan, yana bir rang) +2 tanga. Infografika va kalit so'zlar shu narxga kiradi.

4. Zayavka yuborish

Kartochka yaratish formasini to'ldirasiz:

10 tagacha tovar rasmi
Tovar nomi
Xususiyatlar (ixtiyoriy)
Qo'shimcha izoh
SKU
3 tomonlama o'lcham
Og'irligi
Narxi
5. Tiba Agent ishlov beradi (1–24 soat)

Zayavka navbatga tushadi va ishlov berish boshlanadi. Tovar nomi, kalit so'zlar, infografika va tavsif tayyorlanadi, so'ng sifat tekshiruvidan o'tkaziladi. Jarayonni kabinetda real vaqtda kuzatasiz.

6. Telegram bildirishnomalari

Hisobingizni Telegram botga bog'laysiz — holat o'zgarganda, kartochka tayyor bo'lganda va yangi sharh kelganda darhol xabar olasiz.

7. Tayyor kartochka va sharhlar

Kartochka do'koningizga joylanadi. Har biri uchun ommaviy sahifa ochiladi — mijozlaringiz u yerda sharh va baho qoldiradi. Sharhlarga javob berish imkoni ham bor.

Savdo bo'lmasa — pulingiz qaytariladi

Biz yaratgan kartochkada savdo bo'lmasa, kartochka uchun to'langan pul qaytariladi. Arizani kabinetdagi Yordam bo'limi orqali yuborasiz.

Tovar omborda bo'lishi kerak Narx bozorga mos bo'lishi kerak Kartochka o'zgartirilmagan bo'lishi kerak

To'liq shartlar bilan Foydalanish shartlari bo'limida tanishing.

Boshlash